У нас есть только
оригинальные песни

Tramvay qayta tiklanadi

calendar 05.10.2016
2145

Samarqand shahrida tramvay harakatlana boshlaydi. Bunday taklif O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYevning Samarqand shahriga tashrifi vaqtida bildirilgan.

«Bu g'oya shahar aholisini quvontirdi. Tramvay ekologik toza, iqtisodiy kamharj va ommabop transport», deyilgan «O'zbekiston» telekanalining «Ahborot» dasturida. 

«Gazeta.uz» nashri habarida aytilishicha, tramvay liniyasi Siyob bozoridan Sartepa massivigacha o'tkaziladi.

Shavkat MirziyoYev «aholining qiziqishlarini o'rganib chiqqan holda» yaqin vaqtlar ichida yo'nalishlar loyihasini ishlab chiqish bo'yicha ko'rsatma bergan.

Navro'z bayramigacha yo'l foydalanishga topshirilishi aytilgan.

Ma`lumot uchun, Samarqandda 1947—1973 yillarda tramvay harakati bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, shu yilning 2 mayida Toshkent tramvayining 115 yillik tarihiga nuqta qo'yilgandi. Shu kuni Toshkentda harakatlanayotgan so'nggi tramvay yo'nalishi — «Beshqayrag'och» dahasi va Ippodrom o'rtasida qatnovchi 17-yo'nalish yopilgandi.

Mazkur qaror avtomobil' transporti sonining muntazam ortib borayotgani, ko'cha tarmoqlarining Yetarli darajada rivojlanmagani va tramvay yo'nalishlarining samarasiz faoliyati sabab qabul qilingan.

Яндекс.Метрика