У нас есть только
оригинальные песни

Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?

calendar 18.05.2018
1347

Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?

Bir kunda necha soat davomida turgan holatda ishlash va yoqimsiz hislarni kamaytirish uchun nimalar qilish kerakligiga aniqlik kiritamiz.

Turgan holatda ishlash nimasi bilan xavfli

“Uzoq vaqt davomida turish” deganda sakkiz soatdan ortiq tik oyoqda bo'lish tushuniladi. Ofis ishchilari odatda aynan shuncha vaqt davomida o'tirishadi, ishchilar esa bundan-da ko'p vaqtni oyoqda o'tkazadilar. Agar doimiy ravishda uzoq vaqt davomida o'tirmasdan ishlansa, surunkali vena yetishmovchiligi, tomirlarning varikoz kengayishi, bel va tovonlardagi og'riq, tug'ruqlardagi og'ir holat xavfi paydo bo'ladi.

Tomirlarning varikoz kengayishining ilk belgilari: charchash, og'irlik hissi, oyoqlardagi og'riqlar, kunning oxiriga borib oyoqlarning biroz shishishi.

Marina Berezko, tibbiyot fanlari nomzodi, vrach jarroh-flebolog, «Flebologiya Markazi» klinikasi limfologi, medi kompaniyasining flebologiya bo'yicha maslahatchisi.

Biroq bu belgilar sakkiz soat davomida harakatsiz holatda turilganidagina rivojlanadi. Bunday holat talab qilinadigan joylar deyarli mavjud emas. Agar qo'l mehnati va yetkazib berish bilan band bo'lsangiz, siz doimiy ravishda harakatdasiz. Ofisda boshqa xonalardagi hamkasblaringizning yoniga borasiz, choy qo'yasiz, printerda chop etilgan hujjatlarni olasiz, majlislarga chiqasiz. Tik oyoqda turib ishlash uchun stol sotib olganingizda ham sakkiz soat davomida harakatsiz turmaysiz.

Bundan foyda bormi?

Olimlar bergan ma`lumotlarga qaraganda, turganimizda biz o'tirgan holatga qaraganda ikki marta ko'p kaloriya sarflar ekanmiz. O'tirganimizda daqiqasiga bir kaloriya, turganimizda – ikki, yurganimizda – to'rt kaloriya sarflanar ekan.

Statistikaga ko'ra, ortiqcha vaznga ega odamlar ozg'inlarga qaraganda o'rtacha 2,5 soat ko'p o'tirishar ekan. Bu sog'liq uchun turish o'tirishdan ko'ra foydali ekanini anglatadi.

Biroq bunda ko'proq og'irlik umurtqa va oyoqqa tushadi.

Organizmda hamma narsa bir-biriga uzviy bog'liq. Umurtqa deformatsiyasi, osteoxondroz oyoqlardagi og'riqlarga sabab bo'ladi. Venadagi harakatsizlik hissi umurtqadagi yoqimsiz og'riqlarga sabab bo'ladi, og'ir oyoqlar sindromi rivojlanadi.

Marina Berezko

Shuning uchun o'tirib hamda turib ishlashni birgalikda amalga oshirgan ma`qul. Beldagi og'riqdan xalos bo'lish uchun quyidagi mashqlarni bajarib ko'ring.

Tik oyoqda ishlab, og'irlik hissini sezmaslik

Tananing barcha og'irligini oyoq kaftining yumshoq qismiga o'tkazing, tizzani biroz buking. Ana shunda bo'ksa va tizza kamroq charchaydi. Vaqt o'tishi bilan vaznni oyoqlarga o'tkazishni o'rganasiz. Bu qon aylanishi uchun foydaliroq. Bu yana oyoqning boldir qismini mustahkamlaydi.

Ish davomida biroz vaqtni turib, boshqa qismini o'tirgan holatda o'tkazing. Biz juda ko'p o'tiramiz: transportda, kechki payt divanda, ovqat paytida, krovatda. Shuning uchun ko'proq turing, biroq kun bo'yi tik oyoqda bo'lmang.

Venalar salomatligini saqlash uchun doimiy ravishda har 2-3 soatda holatni o'zgartirish, harakat qilish, yengil mashqlar bajarish kerak. Oyoqlardagi yoqimsiz og'riqlar – og'irlikni his qiladiganlarga profilaktik kompression trikotaj kiyib yurish tavsiya etiladi.

Marina Berezko

Kun davomida necha soat turish kerak

Kun davomida kamida ikki soat turgan holatda bo'lishga harakat qiling. Ideal ko'rinishda bu ko'rsatkich to'rt soatni tashkil qiladi. Turgan holatda ishlash uchun hamma ham stol sotib ololmaydi. Bunday vaziyatda ko'proq yuring.

  • Ertalab va kechki payt bir necha kilometr piyoda yurish uchun mashinani ishxonadan uzoqroqda qoldiring.
  • Telefon qo'ng'iroqlariga javob berayotganda o'rningizdan turing.
  • Har bir qavatda hojatxona mavjud, sizdan uzoqda bo'lganiga boring.

Sog'liqda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish uchun bir necha odatlarni o'zgartirish kifoya.

Яндекс.Метрика