У нас есть только
оригинальные песни

Turkish Airlines Rossiyadagi eng yirik aviatashuvchi bo'ldi

calendar 12.11.2015
913

Turkiya milliy aviakompaniyasi Turkish Airlines Rossiyadagi eng yirik aviatashuvchi bo'lib qolmoqda. Kompaniyaning 2015 yilda Rossiyaga qatnovlar yo'nalishi 16 foizga oshgan. Bu haqda Bloomberg Intelligence manbasiga asoslanib, Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Ayni vaqta kompaniyaning Rossiyaga parvoz uyushtiruvchi raqobatchilarining ko'rsatkichi 43 foizga tushib ketgan. Joriy yilning sentyabr oyida Turkish Airlines aviakompaniyasi shu yilda o'z parvozlarini 31 foizga kamaytirgan Deutsche Lufthansa AG kompaniyasidan farqli ravishda ko'proq reyslarni amalga oshirish taklifi bilan chiqdi.


Agentlik ma'lumotiga ko'ra, rossiyaliklar rubl qiymati tushib ketgach, kam sayohatga boradigan bo'lishdi. Shu bois Lufthansa, British Airways va SAS AB singari aviakompaniyalar Rossiya bozorini tark etishni rejalashtirishmoqda.

Яндекс.Метрика