У нас есть только
оригинальные песни

«Turkiston» va «Istiqlol» san`at saroylari Toshkent shahar hokimiyati tasarrufidan chiqarildi

calendar 17.02.2017
2547

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Istiqlol» va «Turkiston» san`at saroylarini yangi tuzilgan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o'tkazishga ko'rsatma berdi. Shu vaqtgacha bu saroylar Toshkent shahar hokimiyati ixtiyorida edi.

Bu qaror madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o'tkazishni kengaytirish maqsadida qabul qilingan. Ularning o'z daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika byudjyetidan mablag' ajratilishi belgilangan.

«Istiqlol» san`at saroyi - O'zbekistondagi asosiy konsert zali bo'lib, 1981 yilda ochilgan. 2006 yilgacha Xalqlar do'stligi saroyi deb nomlangan.

«Turkiston» san`at saroyi O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1993 yilda ochilgan. 2ta - qishki va yozgi zallardan iborat. Qishki zal 896 kishiga mo'ljallangan, bu yerda odatda rasmiy tadbirlar va konsertlar o'tkaziladi. Yozgi zali 3200 nafar tashrif buyuruvchini sig'dirish imkoniga ega. Mazkur zalda ko'proq yoshlarbop tadbirlar, mahalliy va xorijiy san`at arboblari konsertlari bo'lib o'tadi.

Яндекс.Метрика