У нас есть только
оригинальные песни

Turkiya harbiylari Suriyaga kirdi

calendar 08.10.2017
1415

Turklarning harbiy avtomobillari Suriyaning Idlib viloyatida kirdi. Bu haqda Reuters agentligi o'z manbalariga asoslangan holda xabar tarqatdi. Agentlik manbasi turkiyalik harbiylarni tashiyotgan bir necha mashinani ko'rgani haqida aytib bergan.

Bundan oldinroq Turkiya harbiylari chegara hududida «Tahrir ash-Shom» tashkiloti jangarilari bilan to'qnashgani haqida xabarlar berilgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an rasmiy Anqara Idlibdagi xavfsizlikni ta`minlash uchun zarur choralarni ko'rishi haqida ma`lum qilgandi.

«Turkiya suriyaliklar Halabdan Idlibga qochib o'tishini e`tiborsiz qoldira olmaydi. Biz ularni taqdir hukmiga tashlab qo'ya olmaymiz va ularga yordam qo'lini cho'zamiz. Bu yo'nalishda zarur qadamlar tashlandi»,— degandi Turkiya rahbari.

Eslatib o'tamiz, may oyida o'tkazilgan Ostona  sammitida Suriyada 4ta deeskalatsiya hududi tashkil etish rejalashtirilgan — Idlib viloyatida, sharqiy Gutada, Homs va Der`a tumanlarida. Sentyabr oyi oxirida Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi «Amerika maxsus xizmatlari»ni Idlib viloyati hududidagi «Jyebhat an-Nusra» tashkilotini qo'llab-quvvatlashda ayblagandi.

Яндекс.Метрика