У нас есть только
оригинальные песни

Turkiya HHK Iroq shimolida 12ta nishonni yo'q qildi

calendar 06.09.2016
1313

Turkiya harbiy-havo kuchlari Iroq shimolida o'tkazilgan amaliyot orqali 12ta nishonni yo'q qilgan. Reyter agentligi habariga ko'ra, bu nishonlar Kurdiston ishchilar partiyasiga tegishli edi.

Agentlik ma`lumotiga ko'ra, bu amaliyotlar Metin va Hakurk tumanlarida joylashgandi.

Batafsil ma`lumotlar keltirilmagan.

Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi faoliyatini taqiqlagan. Partiya mamlakatda qator teraktlar sodir etishda ayblangan. Partiya jangarilari 2015 yili sodir etilgan teraktdan keyin o'zaro ziddiyatlar yangilandi.

Turkiya bosh shtabi o'tgan vaqt ichida 6 mingdan ortiq kurd jangarilarini yo'q qilgani haqida ma`lum qilgan. O'zaro to'qnashuvlar oqibatida 700dan ortiq harbiy politsiyachi va harbiylar halok bo'lgan.

Яндекс.Метрика