У нас есть только
оригинальные песни

Turkiya O'zbekiston bilan viza rejimini qayta tiklaydi

calendar 08.01.2016
1647

Joriy yilning iyunidan boshlab Turkiya jahonning 89 davlatiga nisbatan viza tartibini joriy qiladi. Bu davlat ichida O'zbekiston ham bor, deb xabar beradi HaberIzmir nashri.Mazkur qaror Turkiya va ЕI o'rtasida imzolangan viza rejimini engillashtirish va readmissiya haqidagi kelishuv doirasida qabulqilingan.

Vizaviy tartib qayta tiklanadigan davlat ro'yxatida Ozarbayjon, O'zbekiston, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina, Gruziya bor.Aytilishicha, mazkur qaror Turkiya turistik sohasi vakillarining jiddiy tashvishiga sabab bo'lmoqda.

Otelerlar va investorlar uyushmasi rahbari Temur Bayindirning bayonotiga ko'ra, ЕI davlatlariga chiquvchi fuqarolar viza tashvishidan xalos bo'lsa ham, Turkiyaning o'ziga keluvchi sayyohlar oqimi keskin qisqarib ketadi.

“Umid qilamizki, TIV hamda madaniyat va turizm vazirligi turistik oqim qisqarishiga qarshi kerakli qadamlarni tashlaydi”, - dedi u.

Яндекс.Метрика