У нас есть только
оригинальные песни

Turkiya PayPal'siz qoladi

calendar 31.05.2016
1227

PayPal to'lov tizimi Turkiyadagi mijozlar hisobiga doir barcha operatsiyalarning 6 iyundan to'xtatilishini ma'lum qildi. Bu haqida kompaniya xabarida so'z yuritiladi

Servis rahbariyati turkiyalik foydalanuvchilarga barcha qolgan pul vositalarini o'zlarining bank hisoblariga o'tkazishni tavsiya qiladi.  

PayPal'da faoliyat tugatilishi mahalliy boshqaruv - Turkiyaning Bank boshqaruvi va nazorati agentligi qarori bilan bog'liqligiga oydinlik kiritishdi. Boshqarma kompaniyaga litsenziya berishni rad etgan. 

Shunday bo'lsada, to'lov tizimi mamlakatda o'z faoliyatini amalga oshirish uchun amalga oshirishi zarur bo'lgan ishlarni qilishda davom etmoqda.

Яндекс.Метрика