У нас есть только
оригинальные песни

Turkiya politsiyasi tungi klubdagi teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan erkakning selfisini chop etdi

calendar 03.01.2017
1885


 

Turkiya politsiyasi Istanbul shahridagi tungi klubda ro'y bergan teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs o'zini Taksim maydonida suratga olgani tasvirlangan videoni chop etdi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari selfi qachon qilinganidan bexabarlar. Avvalroq, turk politsiyasi tungi klubda otishma uyushtirgan erkakning shaxsini aniqlashga yaqin turgani xabar qilingandi.

Turkiya bosh vaziri No'mon Qurtulmushning so'zlariga ko'ra, terrorchining barmoq izlari va tashqi qiyofasi haqida ma`lumotlar bor. Shundan so'ng uning shaxsini aniqlash tezkorlik bilan amalga oshiriladi, deb ta`kidlab o'tdi Qurtulmush.

Ma`lumot uchun, Istanbulning O'rtaqyoy tumanidagi tungi klubda yangi yil kechasi terakt sodir etildi. Videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarda qurollangan erkakda Santa-Klaus qalpog'i bo'lganini ko'rish mumkin. Shundan so'ng terrorchi yashiringan, uni qo'lga olish bo'yicha amaliyot davom etmoqda. Otishma tufayli 39 kishi halok bo'ldi, ulardan 16 nafari – xorijliklar. 

Яндекс.Метрика