Turkiya hukumati Rossiyaning 4 ming 128 fuqarosiga mamlakatga kirishni taqiqlab qo'ydi. Ular IShID terrorchilik guruhi jangarilari faoliyati bilan aloqalarda gumonlanmoqda, deb xabar qilinadi mamlakat ichki ishlar vazirligi saytida.
Shuningdek, xabar qilinishicha, Turkiyadan shu sabab bilan 2011 yildan beri hammasi bo'lib 804 rossiyalik deportatsiya qilingan. Turkiyadan ko'rsatilgan davrda 4 957 nafar xorijlik chiqarib yuborilgan.
Mamlakat rahbariyati qora ro'yxatga 53 781 kishini kiritgani aytilmoqda.