У нас есть только
оригинальные песни

Turkiya Suriya bilan chegaralarida 5 metrlik devor barpo qiladi

calendar 17.06.2016
981

Turkiya hukumati Suriya bilan chegaralarini mustahkamlash maqsadida 5 metrlik devor qurishini e'lon qildi. Shuningdek, Kilis provintsiyasida yangi havo hujumidan mudofaa tizimlari paydo bo'ladi. 

Mudofaa tizimlari Elbeyli nazorat o'tkazuv punktiga qo'yiladi, deb xabar qilgan Hurriyet Daily News. Turkiya tomoni, bunday choralarini, provintsiyaning janubi-sharqiy hududlari doimiy ravishda Suriyadagi IShID jangarilari tomonidan o'qqa tutilishi bilan izohlagan. 

Kilisga o'rnatiladigan Korkut HHM tizimlari 4 km radiusdagi raketalarni yo'q qilib, bir daqiqada 1100 marta o't ocha oladi. 

Bundan tashqari, Turkiya nazorat o'tkazuv punkti yuqori mobillikka ega ikkita artilleriya raketa batareyasini (HIMARS) ham qabul qiladi. Ularning tarkibida dronlar ham mavjud bo'ladi. Kilis, Gaziantep, Xatay, Shanliurfa va Mardin provintsiyalari bo'ylab esa, 5 metrlik devorlar quriladi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi hafta mobaynida Turkiyada kamida 4ta portlash sodir bo'lgan.

Яндекс.Метрика