У нас есть только
оригинальные песни

Turkiya terma jamoasi JCh-2018 saralashidan chetlatilishi mumkin

calendar 02.08.2016
1182

Turkiya futbol federatsiyasi davlat idoralarining tashkilot ishiga aralashishi sababli UYeFA va FIFA a`zoligidan chiqarilishi mumkin. Bu esa mamlakat milliy terma jamoasining JCh-2018 saralashida qatnashmasligiga sabab bo'ladi. Bu haqda Turkiyaning saralashdagi raqiblaridan biri bo'lmish Ukrainadagi terrikon.com sayti habar tarqatdi.1 avgust kuni Turkiya futbol federatsiyasining barcha hodimlari iste`foga chiqarilgani e`lon qilingandi.Bundan tashqari, hodimlar haqidagi barcha ma`lumotlar hukumat vakillariga berilgandi.Qayd etilishicha, Turkiyada davlat to'ntarishi amalga oshirilishi bilan bog'liq ravishda boshlangan tergov ishlari doirasida federatsiya shu ishga qo'l urishga majbur bo'lgan.Ma`lumot uchun, FIFA tartiblariga ko'ra, mamlakat futbol federatsiyasining ishiga davlat idoralarining aralashishi mumkin emas.

Яндекс.Метрика