Turkiya sharqidagi Ag'ri tog'ida bu yilning birinchi qori yog'di. Bu haqda Milliyet xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, qor Doguboyazit provintsiyasi hududida dengizdan 2 800 metr balandlikda yog'gan.
Qayd etish kerak, Ag'ri tog'i Turkiyaning eng baland qismi hisoblanadi. Bu tog' cho'qqisining balandligi 5165 metrni tashkil etadi.
Mutaxassislar qor ko'chkisi xavfi borligini aytishgan.