У нас есть только
оригинальные песни

Turkiyada halok bo'lgan suriyalik 3 yoshli muhojir bolaning suratlari dunyoni larzaga keltirdi

calendar 04.09.2015
6695

2 sentyabr kuni Turkiyaning Bodrum kurort shahrining dengiz qirg'og'ida suriyalik 3 yoshli qochqin bolakayning jasadi topildi. Voqea joyidan olingan fotosuratlar butun jahon hamjamiyatini larzaga soldi. Ular Еvropaning eng ommabop nashrlarining bosh sahifadan o'rin oldi.

The Huffington Post nashrining yozishicha, "suriyalik bolakay jasadining mudhish suratlari qochqinlar ichida qurbonlar sonining nihoyatda ko'pligini va Еvropada migratsion inqiroz boshlanganini yana bir bor ko'rsatib berdi”.

Aytilishicha, Bodrumning Gretsiyaning Kos oroliga suriyalik qochqinlarni olib ketayotgan 2ta qayiq ag'darilib ketgan. Ushbu qayiqlarda bo'lgan 12 kishi, shu jumladan, 4 nafar bola va 1 nafar ayol halok bo'lgan. Ular orasida tirik qolgan qochqin Abdulla Kurdiyning 3 va 5 yoshli farzandlari Aylon va G'olib, shuningdek, rafiqasi Rayhon bo'lgan.

Oila shu paytgacha Suriyaning Kobani shahrida istiqomat qilib kelgan.

"Men farzandlarimni oxirgi marta ko'rib, ular bilan birga qolmoqchiman”, - deydi yolg'iz qolgan ota.

Abdulla katta o'g'li G'olibning va rafiqasining ham tanalari topilishi, ularni Kobanida dafn etish imkoniyati bo'lishiga umid qilmoqda.

"Fotosuratlar ixtilofdan qochib, yaxshi hayot qidirib Еvropaga ketayotgan yuz minglab qochqinlar chegaralardan o'tishda qanday xavf-xatarga duchor bo'lishi mumkinligini yaqqol ko'rsatadi”, - deb yozadi mahalliy gazetalardan biri.

"O'ylashimcha, bu foto Еvropaning ushbu juda chuqur inqirozning realliklarini nazoratga olish borasidagi to'la mag'lubiyatini aks ettiradi”, - dedi Human Rights Watch tahlilchisi Piter Bukert.

Shunga qaramay, Еvropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bolaning suratlar atrofidagi shovshuvni "spekulyatsiya” deb baholadi.

"Inson sifatida men ushbu fotodan dahshatdaman. Ammo norasmiy jihatdan, axir bugun biz norasmiy uchrashuvdamiz, aytishim mumkinki, siyosatchilarning bunday voqealarga hissiyot bilan yondashishidan charchadim. Siyosatchilar vazmin, puxta o'ylangan qarorlar qabul qilishi, muammolarga aynan shunday yondashishi kerak, ular hissiyotlarga berilmasligi kerak”, - dedi Mogerini xonim.

Beayb go'dakning qismati rassomlarni ham befarq qoldirmadi. Ular ushbu mavzu yuzasidan ko'plab suratlar ishlab, internet orqali tarqatdilar.

Ulardagi aks ettirilgan yurak iztiroblarining izhori shuni anglatadiki, biz qaerda bo'lmaylik bunga befarq bo'lmasligimiz kerak. Zero Aylon va G'olib kabi bolalar bu tarzda o'lim topmasligi lozim.

3 yoshli Aylon Kurdiyning jasadi mana shu holda topilgan

Яндекс.Метрика