У нас есть только
оригинальные песни

Turkiyada IShID jinoyatlari haqida film olayotgan suriyalik jurnalist o'ldirildi

calendar 28.12.2015
1072

                   

Suriyalik jurnalist va dokumentalist Naji al-Jerf Turkiya janubi-sharqida otib ketildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Ushbu ma'lumotni “Raqqani sekin-asta o'ldirmoqdalar” tashkiloti ham tasdiqladi.

“Rejissyor, ikki farzandning otasi Naji al-Jerf bugun Turkiyada, G'oziantepda otib o'ldirildi”, - deb xabar berildi tashkilotning Twitter’i orqali.

Jurnalist ayni kunlarda IShID guruhining jinoyatlari haqida hikoya qiluvchi film ustida ishlayotgan edi.

Ilgari u Suriya urushi haqida film chiqargan edi. Bundan tashqari, al-Jerf Hentah gazetasining bosh muharriri edi.

Яндекс.Метрика