У нас есть только
оригинальные песни

Turkiyada navbatdagi terakt yuz berishi natijasida 5 kishi halok bo'ldi

calendar 14.01.2016
1075

Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi Diyorbakir viloyatida politsiya bo'limi binosi oldida portlash sodir etildi. Mahalliy nashrlarning xabariga ko'ra, avtomobilga o'rnatilgan portlovchi qurilmaning harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan bu terakt qurbonlari soni ayni vaqtda 5 nafar, yana o'nlab kishilar jarohatlangan.

Qayd etilishicha portlash hududidan 36 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga keltirilgan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o'z zimmasiga olmagan. Turkiya hukumati bu terakt Kurdiston ishchi partiyasi tomonidan amalga oshirilganini shubha qilmoqda.

Qayd etish kerakki, bu joriy hafta davomida Turkiyada sodir etilgan ikkinchi terakt bo'ldi. 12 yanvar kuni Istanbul shahrining Еvropadagi qismida joylashgan Sultonahmad maydoni hududida kuchli portlash sodir bo'ldi. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo'ldi va 17 kishi yaralandi. Qurbon bo'lganlarning 8 nafari Germaniya fuqarolaridir. Shuningdek, sayyohlar gavjum bu hududdagi terakt tufayli Peru, Norvegiya hamda Janubiy Koreyadan kelgan sayyohlar jabrlangan.

Яндекс.Метрика