У нас есть только
оригинальные песни

Turkiyada prezidentlik saylovida ishtirok etuvchi barcha nomzodlar ismi e’lon qilindi

calendar 10.05.2018
868

Turkiya Oliy saylov komissiyasi 24-iyun kuni mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etuvchi barcha nomzodlar ismini e’lon qildi. Bu haqda, Turkiyaning Resmi Gazete nashriga tayanib, “Vesti Kavkaza” xabar berdi.

Prezidentlik lavozimi uchun kurashda amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, yaqinda tashkil etilgan “Yaxshi partiya” nomzodi Meral Akshener, “Saodat” partiyasi nomzodi Temel Karamollao‘g‘li, Xalq-respublika partiyasidan Muharram Inje, “Vatan” partiyasidan Dog‘u Perinchek, “Adolat” partiyasidan Vejet Ozi, Xalq-demokratlar partiyasidan Salohiddin Demirtash ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24-iyun sanasida Turkiyada prezidentlik saylovlari bilan birga parlament saylovlari ham bo‘lib o‘tadi.

Яндекс.Метрика