Istanbulda qalbaki spirtli ichimlik iste'mol qilgandan keyin kamida 6 nafar odam vafot etdi, deb xabar berdi "Milliyot” nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, oxirgi kunlarda shahar kasalxonalariga 47 nafar kishi zaharlanishdan shikoyat qilib murojaat qilgan. Boshqa turk OAV manbalariga ko'ra, vafot etganlar soni 10 nafarga etgan.
Istanbul politsiyasi spirtli ichimliklarni qalbakilashtirish, ya'ni aynan Turkiya uchun anis o'simligidan tayyorlanadigan an'anaviy aroq – raki tayyorlanishida metil spirtini ishlatganlikda gumon qilinayotgan 14 nafar odamni hibsga oldi.