У нас есть только
оригинальные песни

Turkiyada Suriya va Iroqdagi ssenariy amalga oshirilmoqchi

calendar 06.08.2017
1424

Terrorchilarning maqsadi buzuq mafkurani jumladan yoshlar o'rtasida tarqatish hisoblanadi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an. 

Uning aytishicha, Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilari Turkiyaning o'sib kelayotgan avlodi bilimsiz va dindan yiroq bo'lishlariga intilmoqda. "Terrorchilar masjidga boruvchi dindorlar hech qachon terrorchilikni qo'llab-quvvatlamasliklarini yaxshi biladilar", deb aytdi Erdo'g'an.  

Uning e`tiborini turli darajadagi bir qator shaxslar Turkiyaning yangi avlodi salohiyati borasida pessimistik fikrlar bildirayotganlari jalb qildi. "Shaxsan men aksincha pozitsiyani qo'llab-quvvatlayman. Men yoshlarga ishonaman. Turkiya fuqarolarining yangi avlodi o'z davlati tarixi va madaniyatidan yaxshi xabardor, turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Shu sababli biz 2053 va 2071 yilgacha davrlarga mo'ljallangan loyihalar estafetasini yoshlarga ishonch bilan beramiz", deb aytgan Erdo'g'an. 

Erdo'g'an KIP terrorchilari Turkiyaning yosh avlodiga hech narsa va`da qilolmasligini aytdi. "Terrorchilar his-tuyg'ulardan mahrum bo'lganlar, rahm-shafqat va hurmat nimaligini bilmaydilar. Ular eng katta ziyonni bolalarimizga yetkazadi. Maktablar, yotoqxonalar, o'qituvchilar ko'pincha terrorchilar hujumlari ob`yektlariga aylanishi tasodif emas", deb ta`kidlab o'tdi Erdo'g'an.  

Erdo'g'anning aytishicha, Turkiya dushmanlari terrorchilik tashkilotlarini bir maqsadda – Anqara manfaatlariga maksimal putur yetkazish uchun qo'llashda davom etmoqdalar. "KIP terrorchilari va Fathulla Gulen oqimi yagona maqsad uchun mo'ljallangan", deb aytdi Erdo'g'an.

Erdo'g'anning ta`kidlashicha, tarix davomida Turkiya xalqi bir necha bor millatlararo, dinlararo va mafkuraviy parchalash urinishlariga qarshi turgan. "Bugungi kunda Suriya va Iroqdagi jarayonlar hammaga ma`lum. Shunday ssenariylarni Turkiyada amalga oshirishga harakat qilinmoqda, biroq biz buning yuz berishiga yo'l qo'ymaymiz", deb ta`kidlab o'tdi Erdo'g'an. 

Erdo'g'an shuningdek IShID faoliyatiga e`tibor qaratdi. "Muayyan kuchlar IShIDni yaratib, dunyoda aksilislom kayfiyatining tarqalishiga ko'mak bergan. Boshqacha yo'l bilan musulmonlar qonini to'kishning iloji yo'q", deb aytgan Erdo'g'an. 

Яндекс.Метрика