У нас есть только
оригинальные песни

Turkiyadagi o'zbekistonliklarga vatanga qaytish tavsiya etildi

calendar 13.12.2015
3339

O'zbekiston Turkiyadagi fuqarolariga vatanga qaytishni tavsiya qiladi. Bu haqda "Vostochnyy Ekspress" nashrida yozilgan.

Nashrning yozishicha, ushbu tavsiya aksilterror tadbirlar doirasida aytildi.

Mahalla oqsoqollari hamda maxsus xizmatlar xodimlari Turkiyada uzoq yillar davomida ishlab kelgan fuqarolarning qarindoshlari bilan hamkorlikda profilaktika tadbirlari o'tkazishib, surishtiruv ishlarini amalga oshirishadi hamda Turkiyadagi o'zbekistonliklarga vatanga qaytishda yordam beriladi.

"IShID safiga o'tib ketgan o'zbeklarning ko'pchiligi ancha vaqtdan buyon Turkiyada ishlab va yashab kelganlar hisoblanadi. Shuning uchun biz Turkiyadagilarning oila a'zolari va qarindoshlari bilan bog'lanib, ulardan o'z yaqinlarining Turkiya hududida terroristik g'oyalar ta'siriga tushib qolishi oldini olishga harakat qilishlarini so'ramoqdamiz. Agar Turkiyadagi O'zbekiston fuqarolari o'z qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo'lib turgan bo'lsa, bu xavotirga sabab bo'lmaydi. Lekin bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyada 1,5 yildan buyon O'zbekistondagi qarindoshlari bilan qo'ng'iroqlashmagan o'zbekistonliklar bor. Ular hozirda kimligi va nima bilan mashg'ulligi noma'lum", deydi mahalla faollaridan biri.

Qayd etilishicha, bunday tavsiyalar Turkiyada o'qish bilan mashg'ul bo'lgan talabalarga taalluqli bo'lmaydi. Chunki, talabalar O'zbekistonda o'zining doimiy turarjoyi bo'lgan mahalla boshqarmalari bilan doimiy aloqada bo'lib turadi.

The Soufan Group tadqiqot markazi ma'lumotiga ko'ra, ayni vaqtda IShID safida 500 nafar atrofida O'zbekiston fuqarosi mavjud.

Яндекс.Метрика