У нас есть только
оригинальные песни

Turkiyaga tegishli qadimiy yodgorlik Buyuk Britaniyadan qaytarib keltirildi

calendar 19.09.2015
1111

Turkiya madaniyat va sayohat vaziri Ertugrul Gunay o‘n yil oldin izsiz yo‘qolgan qadimiy yodgorlik topilganini ma’lum qildi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Iznik shahri kulollarining qo‘l mehnati mahsuli bo‘lgan ushbu maxsus oyna 2001-yilgacha Bursa shahridagi "Sinan posho” jome’siga o‘rnatilgan edi.

So‘ng noma’lum shaxslar tomonidan Buyuk Britaniyaga olib ketilgan. Mutaxassislar tomonidan yuqori baho berilgan ushbu asar o‘z vataniga qaytarildi.

U so‘nggi yillarda dunyo sayohatchilari orasida shuhrat qozongan. Ming yillik tarixga ega ushbu obida havo rangli 34 ta oyna bo‘laklaridan iborat.

Naqsh bezagi tushirilgan bo‘laklarga hattotlik san’ati bilan Qur’oni karimning bir oyati yozilgan.

Яндекс.Метрика