У нас есть только
оригинальные песни

Turkiyalik xaker 334 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

calendar 12.01.2016
1629

Turkiya sudi 26 yoshli xaker Onur Kopchakni 334 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U sheriklari bilan 2013-yildan beri kredit kartalari egalarining shaxsiy ma’lumotlarini kiberjinoyatchilarga sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Bu haqda Daily Sabah manbalariga tayanib, “Hi-tech.mail.ru” xabar bermoqda.

Kopchak birinchi bor 2013-yilda 43 nafar kredit egalari shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritgani uchun 199 yillik qamoq jazosiga tortilgandi. Ikkinchi gal ham uning aynan shunday ko‘rinishdagi firibgarligi fosh etilgan: xaker boshqa kimsalar bilan birga turli banklarning soxta veb-sahifalarini ochgan, jabrdiydalar esa ularga maxfiy parollarini kiritgan.

Yangi hukm bo‘yicha Onur Kopchakka 135 yillik qamoq jazosiga tayinlangan, bu avvalgi hukm bilan qo‘shganda 334 yil bo‘ladi. Jabrdiydalar qancha zarar ko‘rgani haqida ma’lum qilinmagan.

Яндекс.Метрика