Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi


O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. 

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo'lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi.

Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykaliga ham gulchambar qo'ydi va davlat arbobining xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!