7-8 oktyabr kunlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekistonda rasmiy safar bilan bo'ladi. Bu haqda Ashxobodda o'tkazilgan hukumat majlisi chog'ida aytib o'tildi.
"Tashrif doirasida Turkmaniston va
O'zbekiston o'rtasida oliy darajadagi muzokaralar o'tkaziladi”, -
deyiladi Berdimuhamedovning matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.
O'zbekiston
TIV ma'lumotlariga ko'ra, 1991 yildan buyon Turkmaniston rahbari 8
marta O'zbekistonga tashrif buyurgan, O'zbekiston prezidenti ham 8
marotaba Turkmaniston rasmiy safar bilan bo'lgan.