У нас есть только
оригинальные песни

Turkmaniston prezidenti Putinni Ashxobodga taklif qildi

calendar 28.01.2016
1041

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxammedov Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Ashxobodga rasmiy tashrif bilan kelishini so'ragan. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

Turkmaniston rahbari bu taklifni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuvi vaqtida ayon qilgan.

"Biz Rossiya Federatsiyasi rahbariga barcha yezgu tilaklarimizni yo'llaymiz. Rossiya prezidentini mamlakatimizga yana bir bor taklif qilamiz", degan u.

Lavrov bilan muzokaralar vaqtida Turkmaniston rahbari ikki davlat o'rtasidagi kelishuvlar haqida gapirar yekan, "amalga oshirilib kelingan, yomon bo'lmagan", degan.

Яндекс.Метрика