У нас есть только
оригинальные песни

Turkmaniston prezidentining o'g'li bobosi nomidagi medal bilan taqdirlandi

calendar 28.10.2017
1064

Turkmanistonning Mustaqillik kuni 27 oktabrda huquqni muhofaza qilish organlari bir guruh xodimlariga mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi nomidagi - «Mälikguly Berdimuhamedow» («Malikquli Berdimuhamedov») medallari topshirildi.

«Turkmaniston xronikasi» nashriga ko'ra, mukofotga sazovor bo'lganlar orasida prezidentning o'g'li – mayor Sardor Berdimuhamedov ham bor, unga podpolkovnik unvoni ham berilgan.

Eslatib o'tamiz, Sardor Berdimuhamedov parlament deputati ham sanaladi.

Mamlakat prezidentining matbuot xizmati mukofotga sazovor bo'lganlar ro'yxatida Sardor Berdimuhamedovni ko'rsatmagan.

Gurbanguli Berdimuhammedovning bir o'g'li (Sardor), uch qizi va to'rt nafar nabirasi bor. U 2007 yildan buyon Turkmaniston prezidenti hisoblanadi.

Teglar:

Яндекс.Метрика