Turkmaniston va Rossiya rahbarlari nimalarni kelishib oldi?

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Ashxobodga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ikki davlat xalqlari o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlash yo'lidagi sa`y-harakatlari uchun tashakkur bildirdi, deb yozadi RIA Novosti.

Yuzma-yuz muzokaralar chog'ida turkman yetakchisi Rossiya prezidentining ushbu tashrifi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlab, Turkmaniston va Rossiya o'rtasidagi diplomatik aloqalar o'rnatilganiga 25 yil to'lgan bir paytda yuz berganini qayd etib o'tdi.

Vladimir Putin kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar chog'ida Rossiya va Turkmaniston o'rtasidagi tovar aylanmasi yaqin kunlar ichida yana tiklanishini ma`lum qilgan.

Jumladan, Putin shunday degan: «Afsuski o'tgan yilda turli sabablarga ko'ra mamlakatlarimiz o'rtasidagi tovar aylanmasi pasaydi. Lekin bizda bu tendensiyani yengib o'tish uchun imkoniyatlar mavjud va umid qilamanki, yaqin kunlarda shunday bo'ladi ham».

«Moskva va Ashxobod o'rtasida turli sohalarda hamjihatlik qilish uchun butun bir mexanizmlar tizimi yaratilgan, bunda asosiy rol hukumatlararo komissiyaga tegishli. Bundan tashqari, tovar aylanmasi tizimini yaxshilash uchun 2018 yilgacha 80 ta turli tadbirlar va loyihalarni o'zida mujassam etgan iqtisodiy hamkorlik dasturi yo'naltirilgan», — dedi Rossiya prezidenti.

Rossiya va Turkmaniston prezidentlari ikki davlat o'rtasida strategik sheriklik haqidagi shartnomani imzolashdi. O'tkazilgan muzokaralar yakuniga ko'ra, ikki davlat yetakchilari o'rtasida yana 14ta qo'shma hujjat imzolandi.

Jumladan, qishloq xo'jaligi, saonat, migratsiya sohasi, narkotiklarga qarshi birgalikda kurashish, dengiz transport sohasida hukumatlararo bitim, sport, turizm va sog'liqni saqlash sohasida bitim, shular jumlasidandir. Oryol shahri va Mari shahri o'rtasida birodarlik munosabatlari haqida bitim imzolandi.

Muzokaralar yakuniga ko'ra ikki davlat rahbarining qo'shma bayonoti ham imzo chekilgan.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Vladimir Putinga «Hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun» ordenini taqdim etdi. Aytilishicha, ushbu orden Putinning tashrifi arafasida ta`sis etilgan va ilk bor Rossiya prezidentiga berildi.

O'z navbatida, Rossiya yetakchisi Berdimuhammedovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlagan.

Putinning so'zlariga ko'ra, «Rossiya Turkmanistonning betaraflik statusiga hurmat bilan qaraydi» va Ashxobodning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan sa`y-harakatlarini yuqori baholaydi.


Комментарии (0) | Добавить: 03.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?
Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi
Alisher Usmonov o'z samolyotini O'zbekiston prezidentiga ijaraga bergan
Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
BMT: dunyoda 815 mln odam och qolmoqda
Shakardan voz kechishning 3 usuli
Jahon chempionati uchrashuvini ilk marta ayol hakam boshqaradi
Neymar eng yaxshi futbolchi sifatida Messini ortda qoldirdi
Telegram’ning rus tilidagi yangi versiyasi ishga tushdi
Sirdaryoda 2 nafar fuqaroning noqonuniy baliq ovlashi salkam 25 mln so‘mga tushdi
Dubay aeroportida yuzni aniqlovchi virtual tunnel-akvarium paydo bo‘ladi
Telefon suvga tushsa nima qilish kerak?
Hindistonda oq yo'lbarschalar park xodimini g'ajib tashladi
O'zbekiston​ 2020 yilgi MDH raisligiga da`vo qilmoqda
Las-vegaslik merganning miyasi o'rganildi
Messi tarixga kirdi
Miyani chiniqtiruvchi 5 ta jismoniy mashq
Bo‘ysunmaydigan sochlarni qanday uddalash mumkin?
Shavkat Mirziyoyev Sochiga jo‘nab ketdi
Turkmanistonda gaz, elektr va suvdan bepul foydalanish bekor qilinadi
FIFA prezidenti Infantino Maradona va Messini taqqoslab ko'rdi
Putin bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan gubernatorlarni tayinlashda davom etmoqda
Milliy xavfsizlik xizmati bir necha yirik valyutafurushlarni qo'lga oldi
Uyi yoki mashinasini dollarda sotganlarga qanday jazo bor?