У нас есть только
оригинальные песни

Turkmanistonda ayollarga sochlarini ochartirish va kiprik ulash taqiqlandi

calendar 08.04.2018
1438

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda davlat idoralari va tashkilotlarida ishlovchi ayollarga tirnoq o'stirish va bo'yash, kiprik ulash, sochlarini sariq va boshqa och ranglarga bo'yash va tilla taqinchoqlar taqish taqiqlab qo'yildi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar berdi

Nashrda ta`kidlanishicha, ushbu taqiqlov mart oyidan boshlab amal qila boshlagan. “Ashxobodning go'zallik salonlari va sartaroshxonalarini hokimliklar xodimlari aylanib chiqib, ularda ko'rsatiladigan xizmatlar ro'yxatidan tirnoq va kipriklarni sun`iy o'stirish hamda sochlarni ochartirishni chiqarib tashlashni “tavsiya qilishmoqda”, deb aytilgan nashrda.

Bundan tashqari, nashr ma`lumotlariga ko'ra, Turkmaniston bojxonasi sochlar uchun och ranglar va sochni ochartirish vositalarini mamlakatga o'tkazmay qo'ygan. Shuningdek, tirnoq va kipriklarni sun`iy o'stirish uchun mo'ljallangan materiallarni olib kirish taqiqlangan. Bu choralar mamlakatda ushbu mahsulotlar narxining 50 foiz oshishiga olib kelgan. 

Bundan tashqari, apreldan do'kon peshtaxtalaridan sotuvda qolgan sochni ochartiruvchi vositalar, tirnoq uchun gellar va shu kabi mahsulotlarni yo'q qilish rejalashtirilgan. 

Avvalroq turkmanistonlik ayollarga mashina haydash taqiqlangani ma`lum qilingandi.

Яндекс.Метрика