У нас есть только
оригинальные песни

Turkmanistonda gazni qayta ishlash bo'yicha eng yirik zavod qurilmoqda

calendar 21.10.2017
1011

Turkmanistonda benzinni tabiiy gaz sintezi yordamida olish bo'yicha eng yirik zavod qurilmoqda, deb xabar beradi «Kazinform» «Turkmaniston bugun» davlat axborot agentligiga asosan.

Buyurtmachi – «Turkmangaz» Davlat konserni ma`lumotlariga ko'ra, bu noyob yuqori texnologiyali korxona Yaponiyaning «Kawasaki Heavy Industries, Ltd.» kompaniyasi ishtirokida qurilmoqda hamda unda jahon amaliyotida birinchi marta tabiiy gaz suyuq yoqilg'i – benzinga katta hajmlarda «o'tkaziladi».

Daniyaning «Haldor Topsoe» kompaniyasi texnologiyasini qo'llashga asoslangan «GTG - Gas to gasoline» loyihasi har yili 1 mlrd. 785 mln. kub metr tabiiy gazni qayta ishlash va 600 ming tonna Euro-5 standartlariga javob beruvchi A-92 markali benzinni chiqarish imkoniyatini beradi.

Korxona uchun jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan eng zamonaviy uskunalar xarid qilindi. Korxonada Hollandiya, Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Shvetsiya kompaniyalarining eng yangi qurilmalari o'rnatilgan.

Qurilish maydonchasida xorijiy kompaniyalardan bo'lgan 700 dan ortiq mutaxassislar va mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan 4 700 ishchi hamda muhandislar ishlamoqda. Ular ulanuvchi quvurlar montaji, muhandislik kommunikatsiyalarini o'tkazish, ma`muriy bino va boshqaruv pulti, tayyor mahsulotni yuklash hududini qurish, tankerlarni mahsulotlar bilan to'ldirishga tayyorlash kabi ishlarni bajarishmoqda. 

Яндекс.Метрика