Turkmanistonda sabzavot narxi o'smoqda. Bu haqda Ozod Еvropa radiosi xabar bermoqda.
Joriy yilning iyulidan sentyabrigacha bo'lgan davrda Lebap viloyatining bozorlarida pomidor narxi 2 barobarga oshib ketgan.
Kartoshka, piyoz va boshqa mahsulotlarning narxi o'rtacha 20-25 foizga oshgan.
Qishloq
xo'jaligi vazirligi vakili Annagurban Mammetdurdievning ta'kidlashicha,
kelajakda bunday hollarning oldini olish maqsadida hukumat mahsulotni
ichki vositalar bilan ishlab chiqarish va importni qisqartirishga
harakat qilmoqda.
2016 yildan boshlab mamlakatda meva-sabzavot ekiladigan hududlarni har bir viloyatda 10 barobarga oshirish ko'zda tutilgan.