У нас есть только
оригинальные песни

Turkmanistonda tabiiy gaz olish hajmi va eksporti ko'paytiriladi

calendar 10.01.2015
4111


Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuxamedov 9 yanvar kuni Turkmaniston yonilg'i-energetika majmuasiga 2015 yilda mamlakatda tabiiy gaz olish hajmi va uning eksportini ko'paytirish vazifasini qo'ydi, deb axborot beradi mahalliy OAVga asoslanib, "RIA Novosti” nashri. Davlat rahbari 2014 yilning yakunlariga bag'ishlangan hukumatning kengaytirilgan yig'ilishida Turkmaniston YoEM tabiiy gaz hajmini 83,8 mlrd kubometrga, uning eksportini esa 48 mlrd kubometrga oshirishi kerakligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, Berdimuxamedov 2015 yilda neft qazib olishni 11 mln 110 ming tonnagacha ko'paytirilishi kerakligini aytib o'tgan. Prezident YoEM rahbarlari oldiga siqilgan gaz ishlab chiqarilishi hajmi va eksportini ko'paytirish, Turkmaniston energiya tashuvchilarini yangi yo'nalishlar bo'yicha etkazib berish, Turkmaniston-Afg'oniston-Pokiston-Hindiston (TAPH) gaz quvurining qurilishi loyihasini amalga oshirilishi sur'atlarini jadallashtirish vazifalarini qo'ydi. Ma'lumot uchun, Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari bo'yicha Rossiya, Eron va Qatar bilan bir qatorda dunyoning etakchi to'rt mamlakatidan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Turkmaniston gazi Rossiya, Xitoy va Eronga eksport qilinmoqda. Turkmaniston 2015 yilda TAPH gaz quvuri qurilishini boshlashni mo'ljallagan.

Яндекс.Метрика