У нас есть только
оригинальные песни

Turkmanistonlik o'quvchilar o'z hisoblaridan kontsert va spektakllarga borishi majburiy qilib qo'yildi

calendar 27.01.2016
797

Turkmanistonlik o'quvchilar va talabalar majburiy ravishda o'z hisoblaridan madaniyat uylaridagi kontsert va spektakllarga borishi belgilab qo'yildi. Bu haqda “Turkmaniston solnomasi” nashri xabar bermoqda.

O'quvchilar o'qituvchilar nazorati asosida majburiy ravishda bunday tadbirlarga borishi madaniyat uylarining xo'jalik yuritish tartibiga o'tkazilgani bilan tushuntiriladi. Kirish chiptasining narxi 1 manatni tashkil qiladi.

Ilgari madaniyat uylari madaniyat vazirligi qaramog'ida bo'lib, davlat byudjetidan moliyalashtirilar yedi. 2016 yilning 1 yanvaridan ye'tiboran mablag' tejash maqsadida hukumat ularni moliyalashtirishni to'xtatdi.

Яндекс.Метрика