У нас есть только
оригинальные песни

Twitter 140ta belgidan iborat cheklovdan voz kechib, 10 mingta belgidan foydalanish imkonini joriy etishni rejalashtirmoqda

calendar 06.01.2016
789

Twitter ijtimoiy tarmog'i dasturchilari internet foydalanuvchilariga ijtimoiy tarmoqda uzun xabarlar chop etish imkonini taqdim etmoqchi. Re/code nashrining kompaniyaga yaqin bir necha manbalariga asoslanib xabar berishicha, bu reja amalga oshirilganidan keyin 140talik cheklov bekor qilinadi va tvitlarni 10 mingtagacha belgidan iborat holda yozish mumkin bo'ladi.

Ma'lum qilinishicha, bu loyiha 2016 yilning birinchi choragidayoq hayotga tadbiq etilishi kutilmoqda.

Manbaning aytishicha, Twitter kompaniyasidagilarning o'zi bu borada aniq kunni belgilab olmagan.

Qayd etish kerakki, Twitter avgust oyida shaxsiy xabarlardagi belgilar cheklovini bekor qilgan edi va foydalanish mumkin bo'lgan belgilar sonini 10 mingtaga oshirgandi.

Bu xabarga kompaniyaning San-Frantsiskodagi bosh ofisida munosabat bildirilmagan.

Яндекс.Метрика