У нас есть только
оригинальные песни

Twitter AQSh maxsus xizmatlarini tahliliy servisdan uzib qo‘ydi

calendar 10.05.2016
860

Twitter kompaniyasi AQSh maxsus xizmatlariga barcha tvitlarni “titkilab”, kerakli so‘zlarni tanlab oladigan tahliliy servisga kirishni yopib qo‘ydi. Mazkur qaror haqida rasman e’lon qilinmadi, biroq maxsus xizmatlardagi manba ushbu ma’lumotni tasdiqladi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Xizmat Twitter tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etilmaydi, bu bilan ma’lumotlarni tekshirib, tayyorlanayotgan teraktlar, tartibsizliklar va boshqa muhim voqealar haqida xabar beradigan Dataminr xususiy kompaniyasi shug‘ullanadi. Dataminr Twitter o‘z kontentiga kirish va olingan ma’lumotlarni sotishga ruxsat bergan yagona kompaniya sanaladi, uning 5 foiz ulushi Twitter’ga tegishli.

Kompaniya Dataminr qay tarzda ikki yil mobaynida maxsus xizmatlarga ma’lumotlarni pullab kelgani va nima uchun o‘rtalaridagi hamkorlik to‘xtaganiga izoh berishdan bosh tortdi. Twitter rahbariyati anchadan beri davlat xizmatlariga axborot taqdim etmaslik siyosatiga amal qilib keladi va kontentining katta qismi shunday ham ochiq ekanligi, maxfiy xizmatlar ularni emin-erkin kuzatib, tizimlashtirishi mumkin, deb hisoblaydi.

Яндекс.Метрика