У нас есть только
оригинальные песни

Twitter faoliyatida global nosozlik yuz berdi

calendar 19.01.2016
915

Twitter mikroblog xizmati bugun 19 yanvar kuni soat taxminan Toshkent vaqti bilan 13.20 dan boshlab butun dunyo bo'ylab ishlamay qolgan.

Kun.Uz nashrining aniqlik kiritishicha, hozir ayni vaqtda mazkur ijtimoiy tarmoqqa kirib bo'lmayapti. Tarmoqqa kirish jarayonida sayt xizmati xatolik borasida xabar bermoqda.

«Nimadir o'xshamayapti. Xatolik borasida xabar berganingiz uchun rahmat! Tez orada biz muammoni o'rganib chiqamiz va tizimning ishlash holatiga qaytaramiz», — deyiladi xabarda.

Twitter tarmog'i mobil ilovasida ham yangi tvitlarni yuklab bo'lmayapti.

Eslatib o'tamiz, bungacha Twitter bu darajadagi katta nosozlik 2015 yilning 19 noyabrida kuzatilgandi.

Яндекс.Метрика