У нас есть только
оригинальные песни

Twitter kompaniyasining sobiq bosh menejeri raqobatchilar tomonida ish boshladi

calendar 28.01.2016
939

Twitter kompaniyasining sobiq bosh menejeri Kevin Vayl Instagram`da xuddi shunday vazifani bajarishga kirishdi. Bu haqda Re/Code xabar bergan.

Xabar qilinishicha, Instagram Vaylni u Twitter`dan ketgani haqida ye'lon qilganidan 1 oy o'tib, ishga yolladi. Bundan oldin Instagram`da bosh menejer vazifasini Piter Deng bajarib kelayotgandi. Ayni vaqtda u Oculus loyihasi bilan shug'ullanishni boshlagan.

Instagram fotoxizmati Facebook kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. Shu tariqa, Kevin Vayl Twitter`ning to'g'ridan-to'g'ri raqibi tomoniga o'tdi. Vayl Twitter`da 5 yil davomida faoliyat ko'rsatgan, 1 oy oldin u va yana 2 menejer, Aleks Retter va Keti Jeykobs ishdan ketgandi.

Яндекс.Метрика