У нас есть только
оригинальные песни

Twitter Russia Today va Sputnik reklamasidan voz kechdi

calendar 27.10.2017
977

Twitter Russia Today (RT) va Sputnik akkauntlariga har qanday reklama postlarini joylashtirishni man etdi. Bu haqdagi e’lon 26-oktabr, payshanba kuni kechki payt chop etildi, deya xabar beradi Meduza.

Ijtimoiy tarmoq mazkur qaror AQSh razvedka hamjamiyatining ikki agentlik ham 2016-yilgi prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga uringani haqidagi xulosalari asosida qabul qilinganini bildirdi.

Shuningdek, Twitter 2011-yildan beri RT va Sputnik reklamasi sotuvidan olingan 1,9 million dollar daromadni xayriya maqsadlari uchun ajratadi. Mablag‘ ijtimoiy tarmoqdan saylovlar davomida foydalanish bo‘yicha mustaqil tadqiqotlarga yo‘naltiriladi.

Яндекс.Метрика