У нас есть только
оригинальные песни

Twitter xavfsizlik tizimini kuchaytiradi

calendar 20.10.2017
823

Twitter servis faoliyatidagi qator o'zgarishlar haqida e`lon qildi va ularning joriy qilinishiga doir taqvim bilan bo'lishdi. Kompaniya blogida shu haqida ma`lum qilindi. 

"Biz birinchi marta shunday darajadagi ochiqlikni namoyish qilmoqdamiz va umid qilamizki, bu kelgusida o'zaro ishonchli munosabatlar o'rnatishga xizmat qiladi", - deyiladi xabarda.

Kompaniya oktabrda odamlarning ruxsatisiz olingan suratlarni himoyalash uchun "kiyimsiz tananing muvofiqlashtirilmagan tasviri" tushunchasini kengaytirmoqchi. Shuningdek foydalanuvchilarga akkauntni bloklashga doir qarorni bekor qilish imkoni taqdim etiladi. 

Noyabrda Twitter sahifani nomlashda haqoratomuz so'zlarni qo'llashni taqiqlaydi, dekabrda esa zo'ravonlikni qo'llovchi kontentlarni o'chirishga kirishadi.

Яндекс.Метрика