У нас есть только
оригинальные песни

Twitterda "Favorite" tugmasi "Like" tugmasiga almashtirildi

calendar 03.11.2015
949

Tvitter mikrobloglar tarmog'idagi "Favorite" (yoqtirganlikni bildirish, ruschada "Izbrannoe") tugmachasi "yulduzcha” ko'rinishida edi. 3 noyabr kuni esa ushbu belgi "yurakcha”ga almashtirildi.

Shuningdek, avvallari "Favorite" deb nomlangan "yulduzcha” tugmasining belgisi o'zgarishi bilan nomi ham almashdi. Endi uning o'rnida "Like" nomidan foydalanilmoqda.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oyining boshida Tvitter asoschilaridan biri Jek Dorsi yana kompaniya rahbarligi lavozimiga qaytgan edi. Uning yangi faoliyati esa tarmoqqa bir qancha o'zgarishlar olib kelmoqda.

Masalan, yaqinda e'lon qilingan Twitter Moments xizmati biror ommabop voqea atrofidagi barcha tvitlarni bir joyga to'playdi. Shuningdek, bir necha kun oldin Tvitterda so'rovnoma tashkil qilish imkoniyati barcha uchun foydalanishga topshirildi.

Яндекс.Метрика