У нас есть только
оригинальные песни

Uaylderning «chaqmoq zarbasi». U birinchi raunddayoq raqibini nokaut qildi

calendar 05.11.2017
1792

Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo'yicha jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder superog'ir vazn toifasida oltinchi marta kamarini himoya qildi. U kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini birinchi raunddayoq nokaut holatiga tushirdi.

Uaylder 2015 yil yanvarida ham Stivernni nokaut qilgan va WBC kamarini qo'lga kiritgan. O'tgan vaqt ichida amerikalik bokschi kamarini 5 marta muvaffaqiyat bilan himoya qilgandi.

Uaylder va Stivern o'rtasidagi jang kamar himoyasi uchun oltinchi jang bo'ldi, bokschilar shanba oqshomida Nyu-Yorkda ringga ko'tarilishdi. Ammo jang birinchi raunddayoq Uaylderning kuchli zarbalari tufayli yakuniga yetdi.

 

Яндекс.Метрика