У нас есть только
оригинальные песни

UAZ avtomobil ishlab chiqarishni 25 kunga to‘xtatdi

calendar 02.01.2017
1117

Ulyanovsk avtomobil zavodi shanba kuni yangi yil tadbirlari va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash tufayli ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda korxonaning matbuot xizmati TASS muxbiriga ma’lum qildi.

Presslash, payvandlash va bo‘yash tsexlarida profilaktika hamda ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. Yangi yil ta’tili 31 dekabrdan 8 yanvargacha cho‘ziladi, 9 yanvardan 24 yanvargacha esa korxonada yillik inventarlash ishlari bo‘lib o‘tadi. 25 yanvardan yana avtomobil chiqarish boshlanadi.

Ulyanovsk avtomobil zavodi to‘la uzatmali engil va tijorat avtomobillari, shuningdek, mikroavtobuslar chiqarishga ixtisoslashgan. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 105 ming avtomobilni tashkil etadi. 2000 yildan boshlab korxona “Sollers” kontserni tarkibiga kiradi. Avtokorxona UAZning 10dan ortiq rusumi va yuzga yaqin modifikatsiyasini ishlab chiqaradi.

Manba: ello.uz

Яндекс.Метрика