У нас есть только
оригинальные песни

Ucell’dan “Baxtli 25” bayram tarif rejasi!

calendar 25.08.2016
2875

Ucell telekommunikatsiyalar operatorining navbatdagi taklifi haqida so‘z yuritilganda, bu raqam nimani ifodalashi to‘g‘risida faqat taxmin qilish mumkin. Chindan ham, bu nima — daqiqalarmi, SMS sonimi yoki mobil internet megabaytlari hajmining ifodasimi? Bu safar kompaniya shu kunlarda alohida ramziy ma’noga ega bo‘lgan mazkur raqamdan foydalanib, yangi tarif rejasini ilgari surishning o‘zgacha usulini o‘ylab topdi. Ucell kompaniyasining Press-ofisi buning yuzasidan quyidagilarni xabar qiladi.

Ucell kompaniyasi uyali aloqa har jihatdan, shu jumladan, foydalanuvchilar muloqot yuritishga sarflayotgan mablag‘larini boshqarish masalasida ham qulay bo‘lishini ta’minlashga harakat qilmoqda. Bu borada “Baxtli 25” tarifi masalaning juda foydali yechimi hisoblanadi, chunki 25 sentdan iborat abonentlik to‘loviga 20 daqiqa davomidagi muloqot, 10 SMS va 5 megabaytlik internet trafigi kiradi. Bundan tashqari, agar abonent kun davomida ulardan foydalanishga ulgurolmay qolsa, keyinroq ham ishlata oladi, chunki sarflanmagan daqiqalar, SMS va megabaytlardan oyning oxirigacha foydalanish imkoni yaratilgan.

Agshin Xadjiyev, Iste’molchilar segmenti Departamenti Direktori:

“Shu kunlarda respublikamizda Davlat mustaqilligining 25 yillik to‘yiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ucell’ning yangi tarif rejasi ham eng ulug‘ milliy tantanamizga bag‘ishlangan. Ushbu taklifni ishlab chiqishda bizning mutaxassislarimiz abonentlarimiz tomonidan aloqadan foydalanish statistikasini puxta tahlil qildi. Shuningdek, bizga abonentlarimizdan kelib tushgan istaklar ham inobatga olindi. Natijada foydalanilayotgan xizmatlarning o‘rtacha maqbul kundalik hajmini aniqlashga erishildi. Shunda abonentlarga suhbatlashish uchun 20 daqiqa kerak ekanligi va ularga tarmoq ichida yoki O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroq qilayotganlari to‘g‘risida o‘ylamaslik qulay ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bunga qo‘shimcha biz O‘zbekiston bo‘ylab 10 SMS va 5 megabayt internet trafik shaklida kundalik quvontiruvchi bonuslarni taqdim etdik. Ayni paytda bir kunda 25 sentlik xarajat — abonentga taqdim etilayotgan hajmdagi xizmatlar uchun optimal qiymatga aylandi, va bu katta bayram arafasida ramziy ma’noni kasb etmoqda”.

Bu taklifdan foydalanish juda qulay! Endilikda Ucell kompaniyasining “Baxtli 25” tarif rejasiga ulangan har bir abonent qaysi operatorlar raqamlariga qo‘ng‘iroq qilayotganligi haqida bosh qotirmasdan, xushxabarlarni yetkazish, bo‘lajak ulug‘ bayram bilan tabriklash uchun bemalol muloqot yuritishi, yaqinlari va do‘stlari bilan bog‘lanishi, SMS-xabarlar jo‘natishi, internet orqali yo‘qlashi uchun ajoyib imkoniyatga ega.

Ucell kompaniyasi yurtimizning barcha fuqarolarini yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi bilan muborakbod etadi!

Яндекс.Метрика