У нас есть только
оригинальные песни

Ucell - Har doimgidan ham sifatsiz aloqani kuting...

calendar 16.11.2012
6805


MTS o'z faolyatini vaqtinchali to'xtatganidan keyin 9 000 000 dan ortiq MTS abonetlari Beeline va Ucell abonetlariga bo'linishdi.Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra 9mln. abonetni 70% qismi Beeline 20% Ucellni tanlashgan.Avvaldan sifatsiz aloqani taqdim etib kelayotgan Ucell kompaniyasi MTSni 20% abonettini ovolib o'lgan ustiga tepgande qilib yanada sifatsiz aloqani taqdim eta boshladi.Ucell raqamlariga telefon qilganingizda ko'p hollarda "Kechirasiz, vaqtinchali aloqa yo'q" degan javobni olasiz.Internet xizmatini gapirmasa ham bo'ladi.Ucell abonetnlari oddiy odnoklassnikiga kirish uchun soatlab kutishadi, bazida aloqa sifatsizligidan internet tarmog'iga umuman ulanib bo'lmaydi.UCELL sifatli aloqani va sifatli internet tezligini taminlab berolmas ekansan nima qilasan buncha abanent yig'ib.Avval sifatli aloqani taminlab ber, keyin odamla o'zi sani topvoladi.Ortiqcha reklama qilishing ham shartmas pul yo'qotib. 4 yildan beri sifatin yaxshilanmagan Ucell endi hammasi yaxshi bo'lishiga umuman ishonish qiyin.
Endi Beelinega keladigan bo'lsak, uni ham aloqasi talabga javob bermaydiyu, lekin Ucelldan yancha sifatliroq.

Xullas siz yangi raqam xarid qilmoqchi bulsangiz va qaysi uyali aloqa kompaniyani tanlashda ikkalanayotgan bo'lsangiz, maslahatim Beeline tanlaganingiz yaxshiroq...

MTSni qadri yomon bilinyapdi...
Яндекс.Метрика