У нас есть только
оригинальные песни

Ucell kompaniyasi o‘zining 130 nafar sodiq abonentlarini taqdirladi

calendar 26.12.2015
1631

Ucell — O‘zbekiston aloqa bozorida zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etuvchi, insonlarning ishbilarmonlik va kundalik faoliyati uchun eng yaxshi shart va sharoitlarni yaratuvchi ishonchli mobil aloqa operatoridir.

               

Ucell savdo belgisi 1996-yilda tashkil etilgan COSCOM MChJ XKga tegishli bo‘lib, 2007-yildan buyon xalqaro biznesning bir qismiga aylangan. Operator insonlar va kompaniyalarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirib, har doim aloqada bo‘lishga yordam bergani uchun ham, mamlakatning turli nuqtalaridagi millionlab fuqarolar va chet ellik mehmonlar aynan Ucell’ni tanlaydi.

               

Ucell xizmatlaridan O‘zbekistonning 95 foiz aholisi, xususan, juda chekka qishloqlarda istiqomat qiluvchilar ham foydalana oladi — bu yerlarda Ucell tomonidan taqdim etilayotgan mobil aloqa yagona va hayotiy zarur muloqot vositasi hisoblanadi. Internetning paydo bo‘lishi bilan, zamon bilan hamnafas bo‘lgan Ucell kompaniyasi 3G tarmog‘ini qurishni o‘z strategiyasiga kiritdi. Ushbu tarmoqni kengaytirish bo‘yicha ishlar so‘nggi ikki yil davomida ayniqsa faol olib borildi va, 2015-yil avgust oyi holatiga ko‘ra, mamlakat aholisining 46 foizini 3G bilan qamrab olindi.

Ucell kompaniyasi 2003-yilda ishga tushirilgan prepaid-tizimiga birinchilardan bo‘lib ulangan abonentlari uchun mamlakat bo‘ylab joylashgan barcha ofislarida 2015-yilning 21-dekabridan 2016-yil 15-yanvariga qadar davom etadigan maxsus aksiyani taqdim etdi. Ushbu aksiya doirasida 2015-yil 25-dekabr kuni Ucell Mobile Cityofisida mazkur tizimga ulangan dastlabki va faol abonentlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

                 

Marosimda so‘zga chiqqan Ucell’ning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sotuv va xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari Leonid Szyu barcha mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, aynan Ucell kompaniyasini aloqa operatori sifatida tanlagan ko‘p ming sonli insonlarning ishonchi uzoq yillar davomida olib borilgan faoliyatning eng asosiy yutug‘i ekanligini ta’kidlab o‘tdi: “Bugun abonentlarimiz soni 8,5 milliondan oshdi. Bu ishonch belgisi! Bugungi tadbirda 10 yil davomida biz bilan birga bo‘lgan Toshkent shahridagi abonentlarga shaxsan minnatdorchilik bildirish niyatidamiz! Biz mijozlarimizning xohish-istaklariga quloq tutibgina qolmay, uzoq yillar davomida bildirilgan ishonchni qadrlaymiz. Bugungi quvonchli kunda tashakkur bildirib, sovg‘alar ulashishni va shunchaki ularning kayfiyatini ko‘tarishni istardik”.

                        

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Leonid Kim — kompaniyaning sodiq abonentlardan biri. U 2004-yil 13-noyabr kuni Ucell aloqa tarmog‘iga ulangan va shundan beri raqamini biror marta ham alishtirmagan: “Nima uchun aynan Ucell? Har doim va har yerda mavjud barqaror aloqa — bu men, ishim va oilam uchun juda muhim jihat. Shuning uchun ham biz 11 yildan beri Ucell bilan birgamiz!”.

                     

Taqdirlash marosimi O‘zbekistonning barcha viloyatlarini birlashtirgan teleko‘prik tarzida tashkil etildi. Aksiyada Ucell kompaniyasi bilan birga 10 yildan ortiq davr mobaynida shaxdam qadam tashlab kelayotgan 130 abonent ishtirok etib, esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritdi.

Dilrabo Narzullayeva, aksiya ishtirokchisi, Samarqand: “Men ushbu kompaniya mijozi ekanligimdan faxrlanaman. Ucellga ishonaman, uning sharofati bilan har doim aloqadaman. Yaxshi xabarlarni ulashish va shunchaki ularning ovozini eshitish uchun ham bolalarimga, ota-onamga qo‘ng‘iroq qila olaman”.

Burhon Jo‘rayev, aksiya ishtirokchisi, Navoiy: “Kompaniya bilan meni uzoq, 10 yillik munosabatlar bog‘lab turadi. Kompaniya tomonidan menga ko‘rsatilgan munosabatni qadrlayman. Doimiy barqarorligi uchun kompaniyaga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman!”.

                      

Abonent bilan bevosita muloqotning muhimligini anglagan holda kompaniya mijoz bilan yuzma-yuz tartibda faoliyat olib boruvchi xodimlar malakasini oshirishga katta ahamiyat qaratib kelmoqda. Bugun Ucell o‘z abonentlarining kompaniyaga bo‘lgan mustahkam ishonchi bilan faxrlana oladi. Sodiq abonentlarning safi esa juda katta, chunki kompaniya xizmatlaridan odatda bir oilaning barcha a’zolari foydalanadi. Mazkur aksiya nafaqat yutuq egasi, balki uning oilasi uchun ham haqiqiy Yangi Yil sovg‘asi bo‘ldi.

                       

Kompaniya mijozlar tomonidan bildirilgan ishonchni qadrlaydi va o‘z faoliyatini mukammallashtirishda davom etadi. Ucell aloqa tarmog‘ining birgina telekommunikatsiya infratuzilmasiga 2007-yil iyulidan 2015-yil martiga qadar kiritilgan investitsiyalar hajmi qariyb 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

                    

 

Яндекс.Метрика