У нас есть только
оригинальные песни

Ucell’ning 7 yilligiga bag‘ishlab abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangilangan ofis ochildi

calendar 17.06.2015
3266

Kompaniya Ucell savdo belgisi ostida O‘zbekistondagi faoliyatining 7 yilligini bayram qilmoqda. An’analarga sodiq qolgan holda, tavallud kuniga odatda sovg‘a-salomlar bilan kelinadi. Kompaniya ham yubiley sabab o‘z mijozlarini xursand etishga qaror qildi. Aynan shu kuni, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Ucellning abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ofisi yangicha mazmun va qiyofada o‘z eshiklarini ochdi. Bu yerda poytaxt aholisi va mehmonlar kompaniyaning barcha xizmat turlaridan foydalanishlari mumkin. Foto: Ucell Foto: Ucell "Bugun men ‘Raqamni saqlash’ deb nomlangan yangi xizmat turiga ulandim. Uzoq muddatga xorijga ketayotganligim tufayli bu xizmat yordamida o‘z telefonim raqamini vaqtincha ‘muzlatib’ qo‘ydim. Hammasi tez, oson va qulay. Ucell’ni tug‘ilgan kuni bilan qutlayman. U yanada yuksalib, bizni huddi hozirdagidek xayratda qoldirishda davom etaversin!”, — dedi Ucell abonenti Anton Litvinov. Keyingi yillarda Ucell ofislarining uslub va qiyofasi tubdan o‘zgardi. Oddiylik va shinamlik – ulardagi dizaynning bosh xususiyatlaridir. TeliaSonera guruhi kompaniyalari barcha joyda bir xil ko‘rinish, uslubga ega, va abonent qaysi mamlakatda bo‘lmasin, uning uchun xuddi uyidagi kabi muhitni yaratadi. Gunafsha, ya’ni siyoh rang endilikda Ucell abonentlari uchun taftli va qadrdon rangga aylanib qoldi. Foto: Ucell Foto: Ucell "Ofis shundoqqina uyimning yonida joylashgan. Men bugun ushbu binoga kirib, uni taniyolmay qoldim. Ofis juda o‘zgargan, qulayliklar nihoyatda yaxshi. Bu yerdagi go‘zal manzara eng avvalo shinam muhit yaratib, do‘stona kayfiyatni shakllantiradi. Ucell’ning barcha xodimlariga bunday g‘amxo‘rlik uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildirmoqchiman”, dedi Ucell abonenti Diyora Dadasheva. Ucell mamlakatning barcha hududlaridagi mijozlar tarmoqqa, barcha xizmat turlariga birdek va bir xil sifatli ulanish, taqdim etilayotgan tarif hamda xizmatlar yuzasidan ma’lumot olish, malakali ko‘mak olish imkoniga ega bo‘lishlariga intilmoqda. Foto: Ucell Foto: Ucell "Bizning xalqaro tajriba va mahalliy o‘ziga xos bilim bilan yo‘g‘rilgan dunyoviy yetakchiligimiz O‘zbekistondagi faoliyatimizga juda katta yordam beryapti. Bu jihat maqbul narx va aloqa sifati, shuningdek, mijozga yanada yaxshi xizmat ko‘rsatish kabilarda namoyon bo‘lmoqda. Men Ucell kompaniyasining yetti yilligi bayrami quvonchini bizning hamkor va mijozlarimiz bilan baham ko‘ryotganimdan baxtliman. O‘tgan yillar davomida biz telekommunikatsiya infratuzilmasiga 1 mlrd 200 mln dollardan ziyod sarmoya yo‘naltirdik. Biz Ucell mijozlari hamma joyda va hamisha muloqot qilishlari uchun navbatdagi qadamlarni tashlashga tayyormiz. Maqsadimiz — telekommunikatsiya sohasida xalqaro standartlarni joriy etish, yangi ish joylarini yaratish, insonlar kamolotiga xizmat qilish, korxonalar va kompaniyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy mahsulotlarni taqdim etish, qulay internet va odamlar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish. Bugun men Ucell’ning barcha mijoz va xamkorlariga bizga bildirilgan ishonch uchun Kompaniya nomidan minnatdorchilik bildiraman!”, — dedi Ucell bosh direktori Tonu Gryunberg. Bugungi kunda kompaniya abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 22 ta shaxsiy ofisiga ega bo‘lib, dilerlik tarmog‘i 2300 dan ziyod savdo punktlaridan iboratdir. Shuningdek, chekka, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlar aholisiga xizmat ko‘rsatish masalalari yechimi uchun kompaniya 45 ta mobil ofislarini taqdim etdi. Foto: Ucell Foto: Ucell Ucell kompaniyaning tug‘ilgan kuni bilan o‘z abonentlarini muborakbod etadi va o‘z tanlovlari hamda ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Barcha-barchaga salomatlik, farovonlik tilaydi!
Яндекс.Метрика