У нас есть только
оригинальные песни

UCell yangi tarif rejasini taqdim etdi!

calendar 03.04.2015
7506


Yangi noyob "Aniq!" tarifini kutib oling. Bu ko‘proq muloqot va bonus daqiqa / SMS / MB lar bilan foydalanish uchun real imkoniyatdir! Har bir narsani nazorat ostida ushlab qolish istaydiganlar uchun original taklif va aniq hisob!

Siz har kuni O‘zbekiston bo‘yicha muloqot qilish uchun 50 daqiqa va 50 SMS, hamda mobil Internet xizmatlari uchun 10 MB ga ega bo‘lasiz! Bonuslaringizni kun davomida sarf eta olmasangiz xavotir olmang! Bugun ulgurmagan bo‘lsangiz – ertaga sarf etasiz, chunki barcha kunlik belgilangan daqiqa / SMS / MB lar tarif tartibiga binoan oy so‘ngiga qadar faol bo‘ladi. Kuniga atigi $ 0.50 evaziga ko‘proq qiziqarli muloqotga ega bo‘ing. "Aniq" tarif rejasiga o‘tish uchun *120#  terishingiz, yoki *111#  USSD-menyudan foydalanishingiz mumkin.

"Aniq!" tarifi bilan bugun bitmagan rejalaringizni, ertaga amalga o‘shirasiz!
 

Kunlik abonent to‘lovi
$0.50
Qo‘ng‘iroq turi
1 daqiqa efir narxi
Barcha kirish qo‘ng‘iroqlari
$0.00
O‘zbekiston bo‘yicha ajratilgan efir vaqti, kuniga
50 daqiqa
Tarmoq ichida chiqish qo‘ng‘iroqlari *
$0.02
O‘zbekiston bo‘yicha chiqish
qo‘ng‘iroqlari *
$0.03
SMS turi
1 SMS narxi
O‘zbekiston bo‘yicha ajratilgan SMS soni,  kuniga
50 SMS
Tarmoq ichida va O‘zbekiston
bo‘yicha chiquvchi SMS *
$0.02
Xalqaro chiquvchi SMS
$0.12
O‘zbekiston bo‘yicha va tarmoq ichida
chiquvchi MMS
$0.05
Xalqaro chiquvchi MMS
$0.30
Internet
1 МB narxi
Kundalik limit (MB)
10MB
Ucell Internet*
$0.10
Ucell Wap*
$0.10

*Limitdan ortiq foydalanilgan xizmatlarning narxlari.

  • Kundalik belgilangan limitlar oy oxiriga qadar mavjud bo‘ladi
  • Yangi oyni birinchi kunida limitlar bekor qilinadi;
  • Yig‘ilgan limitlar har qanday Prepaid tarif rejasiga o‘tishga mavjud bo‘ladi. Prepaid tariflari shartlariga binoan avvalroq to‘plangan limitlar, "Aniq!" tarifiga o‘tilganda bekor qilinadi;
  • Belgilangan bepul daqiqalar, SMS va MBlar miqdorini tekshirish uchun *103# raqamiga USSD-so‘rov yuboring;
  • Qo‘shimcha "Tarmoq ichida 0" va "VIP" xizmatlar "Aniq!" tarifda mavjud emas;
  • CONTENT xizmatlariga va xalqaro yo‘nalishlarga qongiroqlar taridagi limitlardan sarflanmaydi.

Abonent to‘lovi abonent hisobida qancha mablag‘ qolganidan qat‘iy nazar, faol holatda bo‘lganidagina yechiladi.
Siz "Aniq!" tarifiga *120# raqamiga so‘rov yuborib o‘tishingiz mumkin.

Tarifiga o‘tish narxi – $0.50

Barcha narxlar QQS  bilan ko‘rsatilgan.

"Aniq!" tarif rejasi faqat haqi oldindan to‘lanadigan tizim Abonentlari uchun amal qiladi.


Яндекс.Метрика