У нас есть только
оригинальные песни

Uch nafar videobloger Kanadadagi sharsharadan qulab halok bo‘ldi

calendar 08.07.2018
1066

Kanadada YouTube videoservisi uchun sayohat haqidagi roliklar suratga oladigan uch nafar taniqli videobloger halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Nur.kz”.

Videoblogerlar Rayker Gembl, Aleksey Lyax va Megan Skreyper o‘zlarining High On Life kanallarida xalqaro sarguzashtlar haqida so‘z yuritar edi.

Qayd etilishicha, videoblogerlar Shennon Fols sharsharasining cho‘qqisida cho‘milayotgan edi, shu paytda ular sirpanib 30 metr balandlikdan qulab tushgan.

Dastlab Skreyper suvga qulagan. Shunda uning hamrohlari qizni qutqarish uchun suvga tushgan. Ularni kuchli oqim oqizib ketgan. Ular bilan yana bir kishining ham cho‘kib ketgani aytilmoqda.

YouTube’da yarim milliondan ortiq kuzatuvchisi bo‘lgan High On Life kanalining boshqa ma’murlari dafn marosimini o‘tkazish uchun xayriya aksiyasini e’lon qilgan.

Яндекс.Метрика