У нас есть только
оригинальные песни

Uchar avtomobillar yaratilmoqda

calendar 20.01.2017
1539

Samolyotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Fransiyaning Airbus Group konserni endilikda shaxsiy avtomobilini yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib, “Avto Mail.ru” xabar berdi.

Airbus ekspertlarining fikriga ko‘ra, yaratilajak transport vositasi yo‘llarda yuz beradigan tirbandliklarning oldini oladi. Shunda yangi yo‘llar, qimmat ko‘prik va tunnellar qurishga hojat qolmaydi.

Reuters axborot agentligining xabariga ko‘ra, havoda harakatlanuvchi mashinani yaratish uchun konsern Urban Air Mobility bo‘limini tashkil qildi. Yangi tashkil qilingan bo‘lim istiqbolli yo‘nalishning rivojlanishi, yangi loyihalarni yaratish va uchuvchi mashinalarning harakatlanish qoidalarini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.

Airbus kelajakda haydovchilarga uchuvchi mashinalar boshqaruvini o‘rgatishga hojat yo‘q, deb hisoblaydi. Avtomobillar mustaqil ravishda havoga ko‘tariladi va yerga qo‘na oladi. Odamlardan talab qilinadigan yagona narsa esa maxsus dastur yordamida transportni chaqirish va parvozdan bahra olishdan iborat bo‘ladi.

Яндекс.Метрика