Ufada oromgohda dam olayotgan ikki nafar 14 yoshli qiz ermak qilib o'zlarining o'g'irlanganliklari haqida soxta ma'lumot berib, mahalliy politsiyachilarni aldadi. Bu haqda Boshqirdiston Respublikasi IIV matbuot xizmati saytida ma'lum qilindi.
"Bir qiz qo'rqqan alfozda militsiya
bo'limiga telefon qilib, uni va singlisini noma'lum erkak o'g'irlaganini
aytgan. Uning aytishicha, erkak ularni o'rmon tomonga olib borib,
mashinaga o'tkazib o'g'irlab ketib, yopiq xonada saqlagan. Birozdan
keyin jinoyatchi qizlarni ozod qilish uchun o'z shartini ovoza etgan,
ya'ni 2 million rubl talab qilgan. Qiz faqatgina jinoyatchi va uning
mashinasining alohida belgilarini ayta olgan”, deyiladi xabarda.
Militsiya
bo'limiga kelib tushgan ushbu xabar bo'yicha jinoyatchi va qizlarni
qidirishga bo'limning 50 nafar xodimidan tashkil topgan butun shaxsiy
tarkibi otlangan, ular butun hududni aylanib chiqishgan, uylarning
tomlari va erto'lalarini tekshirib chiqishgan. Jinoyatchi mashinasi
belgilari tasvirlangan axborot barcha patrullarga jo'natilgan. Yo'l
politsiyachilari tasvirlangan mashinaga o'xshash barcha mashinalarni
tekshirishgan. Biroq batafsil tekshiruvdan keyin qizlarning
o'g'irlanishi holati umuman bo'lmagani aniqlangan.
"Qo'ng'iroq
egasining aytishicha, u bekorchilikdan telefonni olib, 02 xizmatiga
telefon qilib, ularni laqillatishga qaror qilgan. Qizlar balog'atga
etmaganlar ishlari bo'yicha ispektorlarga shu tariqa ermak qilishga
qaror qilishganini aytishgan”, deb ta'kidlanadi huquq-tartibot bosh
boshqarmasi matbuot xizmatida.
Ushbu voqea yuzasidan tekshiruv
o'tkazilmoqda. Balog'atga etmagan qizlarning vakillarini qonun bilan
belgilangan javobgarlikka tortish masalasi hal qilinmoqda.