У нас есть только
оригинальные песни

Uitni Xyustonning opasi xonandaning golografik tasviri ishtirokidagi konsertlarni va’da bermoqda

calendar 13.09.2015
934

Uitni Xyustonning opasi Pet 2016-yili xonandaning golografik tasviri yaratilishini ma’lum qildi.

Virtual xonanda "AQShning yirik shahrida” televideniye va internet orqali uzatilishi rejalashtirilgan konsert berishi kutilmoqda. Agar tashabbus o‘zini oqlasa, golografik qo‘shiqchining xalqaro gastrollari ham bo‘lib o‘tishi ehtimoldan xoli emas.

Mazkur loyiha uchun gretsiyalik milliarder, AQShning Hologram kompaniyasi bosh direktori Alki Devid mablag‘ ajratmoqda. Uitni Xyustonning 55 yoshli o‘gay opasi marhum san’atkor merosini tasarruf etayotgan Whitney Houston Estate jamg‘armasiga boshchilik qiladi.

Яндекс.Метрика